Xitoyda yo‘lovchi avtobusida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Fojia Xitoyning Ninsya-Xueyskiy avtonom tumanining ma’muriy markazi Inchuan shahrida yuz berdi. Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazildi.
Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)