Misrda, Nil daryosida parom cho‘kishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 31-dekabr, payshanba kuni Kafr ash-Shayx viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat gubernatorining ma’lum qilishicha, 22 nafar yo‘lovchi bo‘lgan parom Kafr ash-Shayx va Buxayra viloyatlari oralig‘ida qatnagan. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, falokat sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)