O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yil 31-dekabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farmonda Ravshan Ermatov mamlakatning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish, xalqaro maydonda o‘zbek futboli nufuzini oshirish, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun mazkur orden bilan tadirlangani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi hisoblangan Ermatov Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi hakami deb topilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)