Mezbonlar foydasiga ikkita penalti belgilangan futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining “Real” — “Real Sosyedad” (3:1) uchrashuvini boshqargan hakam Xose Luis Gonsales o‘yin qaydnomasiga mehmonlar prezidenti Xokin Apperibay aytgan so‘zlarni yozib qo‘ydi, deya xabar beradi “Uff.uz”.
“Tanaffus vaqtida kiyinish xonasi tomon ketarkanmiz, eshik oldida ‘Real Sosyedad’ prezidenti Xokin Aperribay bizni kutib turganini ko‘rdik. U bizga murojaat qilib, ‘bu sharmandalik. Siz bizning o‘yinimizni o‘g‘irladingiz. Men politsiyaga rasmiy shikoyat topshiraman’, dedi”, — deya ma’lum qilingan mazkur qaydnomada.
Izoh (0)