“Svyaznoy”ning Kiprdagi bosh kompaniyasi Trellas Enterprises Ltd. mahsulot belgisiga bo‘lgan huquqni buzganligi uchun “MTS” operatoridan 77,65 milliard rubl undirish to‘g‘risida da’vo kiritdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
“MTS”ning vakili Dmitriy Solodovnikov gap “Svyaznoy mobayl” mahsulot belgisi haqida ketayotganligini ma’lum qildi. Ushbu nom ostida operator va riteyler 2013-yilning noyabridan sim-kartalarni sotish bo‘yicha loyihani rivojlantirib kelmoqda.
“Hozirgi paytda biz arizani o‘rganmoqdamiz. Trellas unga tegishli ‘Svyaznoy logistika’ YoAJ va ‘MTS’ning qo‘shma loyihasi doirasida ‘Svyaznoy mobayl’ mahsulot belgisidan foydalanishning nomuvofiqligini ma’lum qilganligidan juda hayron qoldik. Mahsulot belgisidan ‘Svyaznoy’ning topshirig‘i bilan foydalanilgan va loyiha ishtirokchilari o‘rtasida tegishli kelishuv imzolangan. Abonentlarning ulanishidan kelib tushgan daromad foydani taqsimlash tizimi bo‘yicha kompaniyaga ham berilgan. Trellas bu haqida bilmasligi mumkin emas”, — deydi Solodovnikov.
Izoh (0)