Germaniya Federal respublikasining kansleri Angela Merkel turmush o‘rtog‘i Yoaxim Zauer bilan ta’tilni o‘tkazish uchun Shveysariya Alplariga yo‘l oldi. Bu haqda Bild nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Dekabr oyiga xos bo‘lmagan iliq havo va qorning yo‘qligiga qaramasdan, u o‘z odatini o‘zgartirmadi.
Merkel har yili Rojdestvo bayramini Graubyunden kantonidagi Pontrezina tog‘ kurortida o‘tkazadi. Er-xotin “Shvayser xof” mehmonxonasida to‘xtaydi. Bild gazetasining ma’lum qilishicha, bu yil hatto tog‘larda ham deyarli qor yo‘qligi sababli kansler turmush o‘rtog‘i bilan ko‘p sayr qildi. Sayohat yo‘nalishini Zauer tanladi.
Ular tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab yolg‘iz sayr qilmadi. Ularni doim nemis tansoqchisi va shveysariyalik politsiyachi qo‘riqlab bordi. Hozirgi paytda Merkel Berlinga qaytib keldi va fuqarolariga yangi yil tilaklarini yozmoqda.
Izoh (0)