Janubiy Osetiya prezidenti Leonid Tibilov mamlakatning nomini Janubiy Osetiya ― Alaniya deb o‘zgartirishni taklif qildi. Bu haqda “Sputnik Janubiy Osetiya” bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar bermoqda.
“Ko‘plab xalqlar o‘zining tarixini o‘zgartirib, o‘zganikini o‘zlashtirib olishni xohlaydi. Ingushetiyada ‘Alaniya darvozasi’ qurilganligini eshitib biz, Janubiy Osetiyada hayratda qoldik, chunki, osetinlar skif va alanlarning avlodi ekanligini butun dunyo biladi va biz hech kimga o‘zimizning tariximizni o‘zlashtirib olishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, ― dedi Tibilov.
Tibilovning ma’lum qilishicha, davomli kechgan o‘ydan keyin, u respublikaning nomini o‘zgartirish va unga “Alaniya” so‘zini qo‘shish vaqti kelganligini qaror qilgan. “Shunday tarixiy bir vaqt keladiki, Osetiyaning ikki qismi birlashadi va yagona Osetiya yana Rossiya Federatsiyasining tarkibiga kiradi”, ― dedi Tibilov.
Izoh (0)