Britaniya qonunchiligi taxt merosxo‘ri shahzoda Charlzga qonuniy ravishda yadro bombasini harakatga keltirishga ruxsat beradi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”. Uning bunday xatti-harakatlari u uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi.
Plimut universiteti ilmiy xodimi Jon Kirkxoul davlat arxividagi ba’zi hujjatlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.
O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Kornuoll gersogi unvoni Charlzni qator qonunlar bo‘yicha jazolanishdan ozod qiladi, ular orasida “Yadroviy portlash to‘g‘risidagi akt”, “Ma’lumotlar himoyasi to‘g‘risida”gi qonun bor.
“Yadroviy portlash to‘g‘risidagi akt” tinch vaqtda yadro bombasini harakatga keltirganlik uchun bir umrlik qamoq ko‘rinishidagi jazoni ko‘zda tutadi, biroq u shahzoda Charlz uchun amal qilmaydi.
Izoh (0)