Turkiyadagi ko‘plab bank va davlat muassasalariga keng ko‘lamli kiber hujum uyushtirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Kiber hujumlar sodir bo‘lganligini Isbank, Ziraat Bank va Garantie banklari tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, ayrim hollarda kredit kartalarini transaksiya qilishda uzilishlar bo‘lganligi qayd etildi.
Turkiyaning IT-tizimiga qaratilgan kiber hujumlar ikki hafta davomida uyushtirilib kelinayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi ikki kun ichida hijumlar soni jadallashdi. Mahalliy OAV hujumlar Rossiya yoki Anonymous xakerlik guruhi tomonidan sodir etilayotganligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)