AQShning Kosmik sarhadlarni tadqiq etish bo‘yicha milliy agentligi — NASA 1960—1970-yillarda amalga oshirilgan “Apollon” dasturlariga oid, bugungacha namoyish etilmagan 8 ming fotosuratni omma e’tiboriga havola qildi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
“Apollon-9” dasturi
Jamoaviy va Oy modullari bilan ta’minlangan kemaning ilk sinov parvozi. Ekspeditsiya a’zolari tomonidan olingan suratda — Yer.Kosmonavt Yer orbitasida.
Yer orbitasida olingan yana bir kadr.
Kemaning ichki ko‘rinishi.
“Apollon-10” dasturi
To‘liq konfiguratsiya bilan ta’minlangan “Apollon-10” dasturi kemasi uchuvchilari Oy tomon so‘nggi sinov parvozini amalga oshirdi.“Apollon-11” dasturi
Astronavt Bazz Oldrin “Apollon” seriyasidagi samoviy kema bortida. Mana shu dastur doirasida yerliklar ilk bor Oyda bo‘ladi.“Apollon-12” dasturi
1969-yil — inson tarixda ikkinchi marta Oy va umuman har qanday samoviy jism sathiga qadam qo‘ydi.Oy sathida ishlayotgan astronavtlar.
Oyga qadalgan Amerika bayrog‘i surati.
Samoviy kemaning ichki ko‘rinishi aks etgan surat.
Kemaning Oyga qo‘nishi.
“Apollon-13” dasturi
Parvoz davomida yuz bergan jiddiy avariya Oyga qo‘nish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va ekipaj a’zolari hayotini xavf ostida qoldirdi.“Apollon-15” dasturi
Oyga to‘rtinchi qo‘nish vaqtida kosmik kema ekipaji Oy sathida ilk bor avtomobildan foydalandi. Mazkur transport vositasida 27,9 kilometr yo‘l bosildi. Ekspeditsiya Yerga 77 kilogramm Oy tuprog‘ini olib keldi.“Apollon-16” dasturi
1972-yili, “Apollon” dasturi doirasidagi o‘ninchi boshqariladigan parvozda, inson beshinchi marta Oyga qadam qo‘ydi. Bu safar tadqiqot ishlari tog‘li hududda olib borildi.Oydagi Dekart krateri yaqinidagi tog‘ jinslari shunday ko‘rinishga ega.
“Apollon-17” dasturi
Dastur doirasida, Amerika samoviy kemasi so‘nggi boshqariladigan parvozni amalga oshirdi. Bu yerliklarning oltinchi marta Oyda bo‘lishi edi.Umumiy hisobda astronavtlar Oyda uch kundan ortiq bo‘lib, uch marta kemadan tashqariga chiqdi. “Sayrlar”ning umumiy vaqti 22 soat 3 daqiqa va 57 soniyani tashkil etdi. Ekspeditsiya davomida Yerga 110 kilogrammdan ortiq Oy grunti namunalari olib kelindi.
Ochiq fazodagi “Apollon-17” dasturi kemasi.
Izoh (0)