Basmanniy sudi tergovning Boris Nemsov qotilligi bo‘yicha ishni davlat yoki jamoat arbobi hayotiga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha qayta kvalifikatsiya qilishni rad etganligini qonuniy deb topdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Jabrlanuvchi vakilining shikoyati rad etilsin, tergovchining harakatlari qonuniy deb topilsin”, — deb qarorni e’lon qildi Artur Karpov.
Avvalroq tergov vakili sud majlisida Nemsovning qotilligi uning siyosiy yoki davlat sohasidagi faoliyati bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Qotillikni siyosiy deb topish haqida Nemsovning oila a’zolari iltimosnoma kiritgan edi.
Izoh (0)