O‘zbekistonda 1,4 mingdan ortiq OAV faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 63 foizi nodavlat hisoblanadi. Bu haqda 25-dekabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “OAVning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.
Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan internet-resurslar soni so‘nggi besh yilda ikki barobar oshdi. Jumladan, 2015-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, veb-saytlar soni 324 tani tashkil etmoqda.Ta’kidlashlaricha, UZ milliy domen zonasida yangiliklarni tarqatishga ixtisoslashgan resurslar sonining ortib borishi Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soninig oshishiga ham bevosita ta’sir etmoqda.
Xususan, 2007-yilda O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb 1 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yilning oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 10,2 millionga yetgani davra suhbatida alohida qayd etib o‘tildi.
Izoh (0)