Amerikaning Falyon kompaniyasi mustaqil quriydigan kurtkalar yaratdi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, kiyim ichidagi havo unga joylashtirilgan havo kuchaytirgichlar yordamida qayta yo‘naltiriladi. Ular to‘yintirish mumkin bo‘lgan batareyalar yordamida quvvat oladi. Kuchaytirgichlardan tashqari, havoni kiyim egasining yuziga qaratish va sochlarni quritish uchun kurtka yoqasida teshiklar ham ochilgan.
Startapchilar loyihaning hayotiy ekanligiga misol sifatida joylashtirgan videolavhada kurtkadagi nam izlari bir necha daqiqada quriganini ko‘rish mumkin. Albatta, kiyim butkul shalabbo bo‘lsa, uni asl holiga qaytarish uchun bundan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etiladi. Loyiha mualliflari investorlarga birinchi kurtkalarni kelgusi yil aprelida yetkazib berishni va’da qilmoqda.
https://youtu.be/f1iXKMGKwh0
Izoh (0)