Iste’dod — buyuk mukofot. Aynan iste’dodi sabab inson biror tanlagan kasbida katta yutuqlarga erishadi. Biroq hamma ham o‘z iste’dodini yuzaga chiqara olmaydi.
Britaniyalik Oliver Andreasga esa omad kulib boqqan. “Kulturologiya”ning yozishicha, u 8 yoshidayoq o‘z iste’dodini keng miqyosda namoyon etishga muvaffaq bo‘ldi.
Quyida Oliver tomonidan suratga olingan e’tiborga molik fotomanzaralar aks etgan.1. Vestminster saroyi, London
Yosh iqtidorli fotosuratchi tomonidan olingan Britaniya manzaralari.2. Mupe ko‘rfazi, Buyuk Britaniya
Oliver maktabda o‘qiydi, dam olish kunlari esa suratga olish uchun xushmanzara joylarni izlab, otasi bilan birga shahar tashqarisiga chiqadi.3. Foklenddagi lavanda dalalari, Somerset
Odatda, ota va o‘g‘il juda erta — tungi soat birda uyg‘onib, yo‘lga chiqadi.4. Yura davri sohillari, Dorsetshir
Bu — yosh fotosuratchining eng sevimli joylaridan biri.5. Tongdagi dengiz go‘zalligi
“Fotosuratni olgunimga qadar, pirsdagi bu odam qimirlamay turishini iltijo qilib so‘radim. Oxir-oqibat to‘lqinni ushlashga muvaffaq bo‘ldim”.6. Uels shimoli
Oliverning iqtidori xalqaro miqyosda tan olib bo‘lingan.7. Tumanli tong
Oliver Andreas tomonidan suratga olingan manzara.8. Oliver ishga kirishish arafasida
Oliver otasi bilan birga Buyuk Britaniya bo‘ylab sayohat qiladi. Asosan tongda va quyosh botishi arafasida suratga oladi.9. Tongotardagi kungaboqarlar dalasi
Iqtidorli Oliverning ajoyib ishlanmasi.
Izoh (0)