Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda WBA yo‘nalishida muntazam chempion, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev chempionlikka rasmiy nomzod, jurnalistlarga “tanasini mashinaga aylantirish jarayoninning boshlab yuborgani”ni ma’lum qilgan avstraliyalik Lukas Braunga qarshi ringga chiqadi. Jang 2016-yil 5-mart kuni Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Vse o bokse”

Foto: “Vse o bokse”

“Yo‘limda nimaiki uchramasin, barchasini yo‘q qilaman. Jang raqib hududida bo‘lishi meni bezovta qilmaydi, okean ortida ko‘p bor ringga chiqqanman. Grozniyga Chagayevni nokautga uchratgani borishim aniq. Bellashuv taqdirini hakamlarga topshirib qo‘yish niyatim yo‘q: ringda men bilan birga ikki hakam —chap va o‘ng qo‘lim bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan o‘ta og‘ir vaznda chempionlik kamariga ega ilk avstraliyalik bo‘lish niyatini yashirmayotgan Braun.

Chagayev Braun ustidan g‘alaba qozongan taqdirda uning kelgusi raqibi Vladimir Klichkodan to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha chempionlikni tortib olgan britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi