Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yulduzlar jangi” filmining premyera namoyishi chog‘ida yong‘in trevogasi tufayli Los-Anjelesdagi kinoteatrni yuzlab kishilar tark etishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hodisa kinoteatr joylashgan Grove savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘ldi. 17-dekabr, payshanba kuni fantastik film namoyishi boshlanganidan 30 daqiqa o‘tib, u to‘xtatib qo‘yildi. Savdo markazi xodimlari ko‘chada to‘planib qolgan odamlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan uylariga tarqalishni tavsiya qildi.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi. Tekshirish chog‘ida yong‘in sirenasi tugmasini kimdir bilmasdan bosib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sal o‘tib, kinoteatr tomoshabinlarga eshiklarini ochdi.

14-dekabr, dushanba kuni Los-Anjelesda “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film AQSh kinoekranlariga rasman 18-dekabr kuni chiqadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)