Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard tadbirkor Bernar Tapiga 400 million yevro tovon puli to‘lash bilan bog‘liq ish yuzasidan sudga chaqirildi. Bu haqda Le Figaro nashriga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Lagard Fransiya moliya vaziri lavozimini egallab turgan paytda investor va siyosatchi Bernar Tapiga Adidas kompaniyasidagi ulushi uchun tovon puli to‘langanlik bilan bog‘liq beparvolikda gumon qilinmoqda. Fransiya sudi XVJ rahbariga nisbatan rasmiy tergov ishini 2014-yilning avgustida boshlagan edi. Agar Lagard aybdor deb topilsa, unga qamoq jazosi va jarima xavf soladi.
Nashrning ta’kidlashicha, Lagardning advokati uning sudga chaqirilishi yuzasidan shikoyat bildirishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Adidas’ning sobiq xo‘jayini 400 million yevroni to‘lay olmasligini aytib, xonavayron bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)