Turkiya Qora dengizda turk kemalari to‘xtatilganiga javoban Rossiyaning 27 ta savdo kemasini ushlab qolganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Rossiya transport vazirining o‘rinbosari Viktor Olerskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyada Rossiya bayrog‘i ostidagi savdo kemalari tegishli hujjati bo‘lmagani uchun to‘xtatilgani, bu harakat Rossiya tomonidan 8 ta turk kemasi ushlab qolinganiga javoban amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)