Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Mixail Saakashvilini sudga berdi. Bu haqda u “Pravo na vlast” tok-shousi efirida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

“Men janob Saakashvilini sudga berdim. Kimnidir o‘g‘ri degandan keyin bu so‘zlar uchun javob berish kerak”, — deya ta’kidlagan Avakov. Saakashvili uni sudga bergan yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban Avakov bundan bexabarligi, bosh vazir Arseniy Yatsenyuk ham sudga murojaat etish niyatida ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Milliy islohot kengashi yig‘ilishi davomida yuzaga kelgan mojaroda Mixail Saakashvilining yuziga suv sepib yuborgandi. Saakashvili keyinchalik “o‘zini axloq doirasida va madaniyat bilan tutishni bilmaydigan hukumat uchun” Ukraina xalqidan uzr so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda