Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Matbuot anjumanida “Exo Moskvi” jurnalisti Vladimir Putinga uning Ramzan Qodirov bilan Boris Nemsovning o‘ldirilishi bo‘yicha ish haqida gaplashgan-gaplashmagani hamda jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan “Sever” batalyoni harbiylarini ta’qib etish haqidagi masala ko‘tarilgan-ko‘tarilmagani haqida savol berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.az”

Foto: “Vesti.az”

“Men Nemsov bilan shaxsan tanish bo‘lganman. U bilan hech qachon munosabatlarni buzmaganman, biroq u siyosiy jang yo‘lini tanladi. Ammo bu shu odamni o‘ldirish kerak, degani emas, men buni hech qachon qabul qila olmayman”, — dedi Putin.

“Siz ular goh Chechenistonda, goh xorijda yashirinyapti, deb yozasizlar. Buni aniqlashtirish kerak. Checheniston rahbariyati bilan men bu masalalarni muhokama qilmaganman va qilmoqchi ham emasman”, — deya ta’kidladi Rossiya prezidenti.

U ishni tekshirishga ko‘p yillar ketishi mumkinligini qayd etdi.

“Hech kim hech kimni xaspo‘shlamoqchi emas, ammo xolis tergov ma’lumotlarini kutish kerak”, — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro savdo markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy katta matbuot anjumani boshlangani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi