Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qizlarining ish faoliyati haqida gapirishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: “Obozrevatel.com”

Foto: “Obozrevatel.com”

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiyada yashaydi va ishda ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Ular aynan qayerda mehnat qilishiga Putin aniqlik kiritmadi.

“RBK” muxbirining “‘Innopraktika’ jamg‘armasi rahbari Katerina Tixonova sizning qizingizmi?” — ma’nosidagi dangal savoliga prezident javob bermadi. U o‘z qizlari haqida xavfsizlik kabi nuqtai nazarlardan gapirib o‘tirmasligini ta’kidladi.

“Ular biznes va siyosat bilan shug‘ullanmaydi. Ular hech qayerga burnini suqmaydi”, — dedi Putin.

Vladimir Putinning ikki qizi bor — Mariya (1985-yilda tug‘ilgan) va Katerina (1986). Prezidentning qizlari haqidagi ma’lumotlar juda kam.

2015-yil yanvarida Reuters agentligining manbalari anonimlik sharti ostida, Moskva davlat universiteti bilan ishlaydigan “Milliy intellektual taraqqiyot” jamg‘armasi rahbari Katerina Tixonova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi ekanligini tasdiqlagan edi.

Putinning ikkinchi qizi — Mariya Fassen, Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvadagi Endokrinologiya ilmiy markazida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro savdo markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy katta matbuot anjumani boshlangani xabar berilgan edi. Unda Putin Qodirov bilan Nemsovning o‘ldirib ketilishini muhokama qilmagani va qilmoqchi ham emasligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi