Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova Maksim Galkin bilan birga istiqomat qiladigan hashamatli uyida o‘z stilisti Alisher bilan birga fotosessiya uyushtirdi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, Alla Pugachyova bir necha kilogrammga ozganidan so‘ng, o‘z liboslarini almashtirishga qaror qilgan.
Stilist Alisherning so‘zlariga ko‘ra, u Alla Pugachyova bilan kamida 10 yildan beri tanish. Uning aytishicha, xonanda o‘zidan o‘lcham olishni, tikilayotgan libosni o‘zida sinab ko‘rishni va tanlangan libos qayta tikilishini yoqtirmaydi.
Shu sababli stilist Alisher mashhur xonanda uchun tayyorlanayotgan barcha liboslarni vazni to‘la, ko‘rinishi Alla Pugachyovanikiga o‘xshash o‘z tikuvchisida sinab, tekshirib tika boshlagan. Alla Pugachyova vazn tashlaganidan so‘ng, tikuvchini ham ozishga majbur qilgan.
“Hozir hammasi osonroq — u ishonyapti, men esa bemalol o‘lchamlarni olyapman. Pugachyova ozib, tanaga yopishib turadigan liboslar kiyishni boshlayapti. Bu holatda, libos ko‘rkam ko‘rinishi uchun, o‘lcham olishda har bir santimetr muhim ahamiyatga ega”, — dedi Alla Pugachyovaning stilisti.
Izoh (0)