Malayziya fuqarosi Facebook’da qayd etgan yozuvi uchun hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ismi noma’lum bo‘lgan shaxs, Joxor shtatining sultoni Ibrohim ibn Almarxum Sulton Iskandarning 2016-yildan boshlab elektron sigaretalar savdosi bilan shug‘ullanishni taqiqlash haqidagi qaroriga nisbatan o‘zining e’tirozini ma’lum qilgan.
Hibsga olingandan keyin, politsiyachilar tomonidan monarxiya tuzumidagi Joxor shtati qirolining oilasini haqoratlovchi mazmundagi 37 yoshli ushbu erkak yozgan yana ikkita xabar topildi.
Tergov davomida gumon qilinuvchi to‘rt kun muddatga hibsga olinib, uning mobil telefoni musodara qilindi. Hukumatga qarshi targ‘ibot qilganligi uchun gumon qilinuvchiga 18 oy muddatga qamoq jazo chorasi yoki 460 dollar miqdorida jarima qo‘llanilishi mumkin.
Izoh (0)