AQSh psixologlari uzoq davom etgan tadqiqotlar va dunyo bo‘yicha mashhur Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqotlardan so‘ng, bu tarmoqni har kuni kuzatib borish insonning tushkunlikka tushib qolishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga keldi. Bu haqda “Mobinfo.uz” xabar beradi.
Aniqlanishicha, tushkunlikka tushib qolishga o‘z kumirlarining akkauntlarini ko‘zdan kechirish va ular bilan o‘zini taqqoslash sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqqa tez-tez tashrif buyurish ayollarda salbiy hissiyotlarni yuzaga keltirib, psixologik buzilishlarga sabab bo‘ladi. Mashhurlarning yorqin suratlarini tomosha qilish ayol va erkaklarning o‘ziga nisbatan baho berish darajasi pasayishiga olib keladi. Oqibatda yuzaga kelgan tushkun holatdan mutaxassis yordamisiz chiqib ketish qiyin deb hisoblanmoqda.
Ta’kidlash joizki, 2015-yilning sentabr oyi natijalariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha Instagram foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshgan.
Izoh (0)