Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Ligasining 2015/16-yilgi mavsumi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Foto: UEFA matbuot xizmati

Foto: UEFA matbuot xizmati

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi sardori harakat qiladigan “Krasnodar” jamoasi Praganing “Sparta” klubi bilan bellashadi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi esa “Fenerbaxche” bilan nimchorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

YeChLdagi ishtirokini erta to‘xtatgan “Manchester Yunayted” bu bosqichda Daniyaning “Midt’yulland” jamoasiga qarshi bellashadi. Turnirning amaldagi g‘olibi “Sevilya” esa “Myolde” bilan bahs olib boradi.

Yevropa Ligasi 1/16 final qur’asi natijalari:

Valensiya – Rapid

Fiorentina – Tottenxem

Borussiya Dortmund – Portu

Fenerbaxche – Lokomotiv

Anderlext – Olimpiakos

Midt’yulland – Manchester Yunayted

Augsburg – Liverpul

Sparta – Krasnodar

Galatasaroy – Latsio

Syon – Braga

Shaxtyor – Shalke

Marsel – Atletik

Sevilya – Myolde

Sporting – Bayer

Vilyarreal – Napoli

Sent-Etyen – Bazel

1/16 final o‘yinlari 2016-yilning 18 va 25-fevral kunlari o‘tkaziladi.

YeChLning 1/8 finalida “Barselona” “Arsenal” bilan, “Yuventus” esa “Bavariya” bilan o‘ynaydi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bekobod tumanida chiqindixona 15–20 kundan beri yonib, aholi tutundan aziyat chekayotgani aytildi (video)
Mahalliy
Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi yordamchisi v.b. Elizabet Tryudo bilan uchrashdi (foto)
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi