“PSJ” futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 18-turida o‘z maydonida “Lion”dan 5:1 hisobida ustun keldi, deb xabar qiladi “Chempionat”.
Final hushtagi yangragandan keyin Parijdagi stadion maydoniga yosh muxlis yugurib chiqdi. Styuardlarning qarshiligiga qaramay, u mezbonlar hujumchisi Zlatan Ibragimovichning oldiga yetib kelishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yinda dubl qayd etgan shved futbolchisi fanatni quchoqladi va unga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi.
Izoh (0)