“Real” (Madrid) hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomaga binoan haftasiga 350 ming yevro, qo‘shimchasiga bonuslar ham oladi, — deya hikoya qiladi “Korrespondent.net”.
Ronaldu turli-tuman tansiq taomlardan bosh ko‘tarmasa bo‘ladigandek, lekin hatto shunday yulduz ham ba’zida o‘zini oddiygina shprot balig‘i va non bilan “siylab” turadi. U o‘zining Instagram’dagi sahifasida aynan shunday kechki taomdan olingan surat va “Sen ham tanovul qilishni istaysanmi?” degan izohni joylashtirdi.