Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida 80 yoshli nafaqaxo‘r poliklinika ostonasida travmatolog shifokorni otib tashladi, deb xabar beradi Meduza.
Yaralangan shifokor yaqin atrofdagi kasalxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Qotillikda gumonlanuvchi oz fursat ichida qo‘lga olindi. Tergov taxminiga ko‘ra, nafaqadagi erkak hassaga yashirilgan yasama quroldan shifokorning ko‘ksiga o‘q uzgan.
Qo‘lga olingan nafaqaxo‘r besh yilcha avval barmog‘i shikastlanganligi tufayli travmatologga murojaat qilganligi, biroq zarur tibbiy yordam olmaganligi uchun qasd olishga qaror qilganligini politsiyaga ma’lum qildi.
Unga nisbatan “Odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)