AQSh hukumati Puerto-rikolikni Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarini ta’qib etishda ayblab, 7-dekabr, dushanba kuni hibsga oldi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar beradi.
Ushbu ish internetdagi trolling va ta’qib uchun hibsga olinganlik bo‘yicha AQSh tarixidagi birinchi ish bo‘ldi.
Omar Falkon Torres hukumat tomonidan ikki yildan beri o‘tkazib kelingan operatsiyaning asosiy gumonlanuvchisi bo‘ldi. U ta’qib etish, shaxsiyatning noqonuniy o‘zlashtirilishi va internet foydalanuvchilarini qo‘rqitishda ayblandi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, u o‘zining qurbonlariga jinsiy zo‘ravonlik aks etgan tasvirlarni yuborgan, shuningdek, qo‘pol nutqdan foydalangan. O‘nlab odamlar uning qurboniga aylangan, biroq ulardan faqat sakkiz nafari rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan. Torres ta’qib uchun Twitter’ning 300 ga yaqin akkauntidan foydalangan.
Ushbu ish yuzasidan sud jarayoni 21-dekabrda bo‘lib o‘tadi, ungacha Omar Falkon Torres qamoqda saqlanadi.
Izoh (0)