Gretsiyaning sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati Kalolimnos yonidagi Dodekanes guruhidagi orollardan birida qolib ketgan 220 ta muhojirni qutqardi. Bu haqda Hurriyet Daily News bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya pravda” xabar qilmoqda.
Muhojirlar Leros oroliga olib borishni va’da qilgan kontrabandachining aybi bilan bu yerga kelib qolgan.
Ular orolda 36 soatga qolib ketib, isinish uchun o‘choqdan foydalanib turganda, harbiylar olovning tutunini ko‘rib qolib, bo‘lgan voqeadan xabar topgan.
Turkiyaning sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati tomonidan esa 25 nafar suriyalik muhojir Turkiyaning Gechek kurort shahri yonidagi iblis oroli deb nomlangan joydan qutqarilgan. Bu muhojirlarga kontrabandachilar 2500 dollar evaziga Rodos oroliga olib borishni va’da qilgan.
Izoh (0)