Turkiya mamlakatda faoliyat yurituvchi rossiyalik jurnalistlarga ishlash uchun ruxsat olish majburiyatini yukladi. Bu haqda Meduza Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Endi mamlakatda ishlash uchun OAV rahbarining tashrif maqsadi ko‘rsatilgan turk yoki ingliz tilidagi xatini taqdim etish talab etiladi. Bundan tashqari, tashrif muddatlari va yo‘nalishi, shuningdek, jurnalistlarning intervyu uchun kim bilan uchrashmoqchi ekanligi oldindan ma’lum qilinishi lozim.
Elchixonaning ta’kidlashicha, chet ellik jurnalistlarga bir necha hafta davomida ruxsat beriladi.
“Turkiya hududida ruxsatnomasiz ishlovchi jurnalistlarga nisbatan turli jazo choralari qo‘llanilishi mumkin”, — deb ma’lum qildi elchixona.
Izoh (0)