Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya rasmiylari, Bag‘dod talabiga qaramay, o‘tgan haftada Iroq shimolida joylashtirilgan harbiy xizmatchilarini olib chiqib ketmaydi. Bu haqda AFP manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “163gorod.ru”

Foto: “163gorod.ru”

“Bu muzokaralarga bog‘liq, biroq o‘sha joydagi zobitlarimiz xabarlari, faoliyat olib borayotgan turli guruhlar talabi, markaziy hukumat bilan muhokamalarimiz va Iroq Kurdistoni hukumati bilan muzokaralarimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, kuchlarimiz qolishi aniq”, — deya ma’lum qilgan agentlikka Turkiyadagi rasmiy manba.

Eslatib o‘tamiz, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Anqaradan Iroq hududidagi qo‘shinlarini 48 soat ichida olib chiqib ketishini talab qilib, aks holda jiddiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi