Turkiya Ukrainaning Qrim bilan birgalikdagi hududiy yaxlitligi uchun chiqish qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu Belgraddagi YeXHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidagi chiqishida ma’lum qildi.
“Turkiya Ukraina mustaqilligi, uning suvereniteti, hududiy daxlsizligi, bu tushunchaga Qrimni kiritgan holda hurmat qilinishiga umid qiladi”, — dedi u.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belgraddagi YeXHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashganligi ma’lum qilingan edi. Uchrashuv 40 daqiqa davom etgan.
Izoh (0)