Kambodja Qirolligida tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lmagan shifokor 200 dan ortiq odamga OIV kasalligini yuqtirganlikda ayblandi va 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Guardian nashriyoti bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, bu voqea, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada moliyalashtirilmayatganligiga ishora bo‘lib, aholi litsenziyasi yo‘q yoki firibgar shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lib qolmoqda.
55 yoshli shifokor Yem Chrin ishlatilgan ignalardan takroran foydalanganligi oqibatida Battambang provinsiyasining g‘arbida joylashgan Roka aholi punktidagi 270 kishiga OIV infeksiyasini yuqtirganlikda ayblandi.
Jahon banki keltirgan ma’lumotlarga asosan, Kambodjada 100 ming kishiga 0,2 ta shifokor to‘g‘ri kelib, Afg‘onistonning ko‘rsatkichiga yaqin. Myanma Respublikasida ham malakali tibbiyot xodimlarining yetishmasligi kuzatilib, 100 ming kishiga 0,4 shifokor to‘g‘ri keladi. Misol uchun, Fransiyada ushbu ko‘rsatkich 3,2 shifokorni tashkil etadi.
Izoh (0)