Ukraina Turkiya bozorida Rossiyaning o‘rnini bosish va Turkiya oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga tayyor. Bu haqda Ukraina oziq-ovqat va agrar siyosat vaziri Aleksey Pavlenko Facebook’dagi sahifasida qayd etdi, deb xabar beradi Meduza.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, Ukraina Turkiyaga don, makkajo‘xori va yog‘ yetkazib berishni kamida ikki barobar oshirishga tayyor.
“Shu tariqa, Ukraina Turkiya bozorida Rossiyaning o‘rnini bosa oladi”, — deb yozdi Aleksey Pavlenko.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritish haqida farmon imzoladi, unga ko‘ra mamlakatga Turkiya mahsulotlarini olib kirish cheklanib, ularning ro‘yxatini Rossiya hukumati tomonidan tuzib chiqildi.
Izoh (0)