AQShdagi Oq uy noma’lum erkak prezident Barak Obama qarorgohi hududiga kirishga uringandan so‘ng yopib qo‘yildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, erkak devordan oshib o‘tgan, biroq qo‘riqchilar tomonidan zudlik bilan qo‘lga olingan.
Xavfsizlik xizmati xodimlari yaqin atrofdagi hududlarni tekshirmoqda.
Barak Obama ish jadvaliga muvofiq Vashingtondadir.
Oldinroq Shukronalik kuni arafasida AQSh prezidenti uysizlarga taom tarqatgani xabar qilingandi.
Izoh (0)