Kremniy vodiysidagi axborot texnologiyalari kompaniyalarning shiddatli o‘sib borayotgani ularni faoliyat uchun yangi makonlarni izlashga majbur qilmoqda. Kabinetlar va muzokara xonalaridan iborat eski inshootlar soha ehtiyojlarini qondira olmayapti — kompaniyalarga xodimlar bir-biri bilan oson muloqot qila olishi uchun yanada kattaroq hududlar kerak bo‘lmoqda.
Yaqin bir necha yil ichida San-Fransisko atrofidagi shaharchalarning qiyofasi sezilarli yangilanadi — Apple, Facebook, Uber kabi kompaniyalar o‘zi uchun yangi binolar qurmoqda. “Vc.ru” tahririyati Kremniy vodiysidagi yirik kompaniyalarning yangi idoralarini bir fotogalereyaga jamladi.Apple
Apple’ning Kupertinodagi bo‘lajak idorasi, kompaniya xodimlari bir-biri bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishi uchun, halqa ko‘rinishida tayyorlangan. Loyiha Apple asoschisi Stiv Jobs tomonidan tasdiqlangan.Samsung
2015-yil sentabrida ochilgan Samsung’ning Amerikadagi bosh qarorgohi maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u San-Xose shahrida (Kupertinodagi Apple bosh qarorgohidan 19 kilometr masofada) joylashgan. Kampus dizayni ustida NBBJ firmasi ishlagan — bu tashkilot Boeing zavodlaridan biri va Reebok’ning bosh qarorgohini ham loyihalashtirgan.
Qavatlar oralig‘idagi katta va keng maydonlar xodimlarga bir-birlari bilan tez-tez uchrashib turish imkonini beradi.O‘zining yangi bosh qarorgohi loyihasini tayyorlash uchun Google britaniyalik ikki dizayner — BIG byurosi asoschisi Byarke Ingels va Heatherwick Studio asoschisi Tomas Xezervikka murojaat qildi.
Yangi binolar harakatlanuvchi yengil bloklardan quriladi va kompaniyaning u yoki bu bo‘limi ehtiyojlariga asosan, ularnining joyini o‘zgartirish va qaytadan qurish mumkin bo‘ladi.Autodesk
3D-loyihalashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning yangi bosh-qarorgohi San-Fransiskoda joylashgan. Autodesk xodimlari umumiy maydoni 35 ming kvadrat fut bo‘lgan yangi inshootga ko‘chib bo‘lgan.
Binoda tonnellar — kompaniyaning turli bo‘limlarini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi maxsus yo‘laklar bor.
Uber
Uber’ning hozirgi bosh qarorgohi boshqa AT-kompaniyalari ofislariga o‘xshamaydi. Bino interyerida oddiy beton pol va oppoq devorlar bilan yonma-yon qimmatbaho materiallardan, masalan, zarang, mis, marmar, oniksdan foydalanilgan.Me’morlarning g‘oyasi bo‘yicha, bu holat kompaniya servislarining ikki asosiy yo‘nalishi — Uber Black va Uber X’ni namoyon etadi.
Uber ofisida maxsus devor joylashgan bo‘lib, unda real vaqt rejimida foydalanuvchilarning safarlari aks etgan infografika ko‘rsatib turiladi.
Biroq kompaniya yangi, umumiy maydoni 423 ming kvadrat fut bo‘lgan binoga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning yangi bosh qarorgohi bir-biri bilan ko‘priklar orqali bog‘langan ikki binodan iborat bo‘ladi. Bu yerda ham keng makonlar va galereyalar ko‘p bo‘ladi.
Cisco
Cisco kompaniyasining yangi ofisi San-Fransiskoda joylashgan, kompaniya unga 2013-yili ko‘chib o‘tgan. Binoda muzokaralar uchun mo‘ljallangan “ochiq” xonalar, dam olish uchun mo‘ljallangan norasmiy mehmonxonalar, shuningdek, dizaynerlik mebellari ko‘plab topiladi.Dropbox
Geremia Design dizaynerlik kompaniyasi Dropbox ofisini tayyorlashda umumiy hududlarga asosiy e’tiborni qaratdi — maxsus yoritkichlar, pardozlash materiallari, uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun keng maydonlar.Nvidia
Bosh qarorgohni loyihalashtirish ishlari bilan Gensler dizayn-studiyasi shug‘ullanmoqda. Ularning g‘oyasi bo‘yicha, Nvidia’ning yangi ofisi birinchi qavati umumiy bo‘lgan ikkita uchburchak binodan iborat bo‘ladi.Bundan tashqari, inshootlarning bir qismi uncha katta bo‘lmagan ehrom ko‘rinishida quriladigan va maysa bilan maydonlar ostida bo‘ladi.
Qarorgohda xodimlarning o‘zaro uchrashuvlari uchun joylar ancha ko‘p.
Twitter xodimlari uchun shahar manzarasi ko‘rinib turadigan katta oshxona:
Izoh (0)