Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoyda 2015-yil oxiriga qadar favqulodda sharoitlar — bo‘ron, jazirama va qahraton sovuqda harakatlanishga qodir tezyurar poyezd paydo bo‘ladi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Yangi modelni yaratish ustida CRRC Corp davlat kompaniyasi uch yil davomida ish olib bordi. CRH2G poyezdi qum bo‘ronlari, kuchli shamol va dengiz sathidan 3,6 ming metr balandlikda harakatlanishi mumkin. 40 daraja sovuqdan 45 daraja issiqqacha bo‘lgan haroratda ishlay oladi, intensiv ultrabinafsha nurlanishiga bardoshli.

Poyezd soatiga 250 kilometr tezlikka chiqishi mumkin, garchi bu temiryo‘l transportidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, favqulodda ob-havo sharoitlarida bu talab ham etilmaydi. Kompaniya yangi poyezd dunyoning ko‘plab mamlakatlari, birinchi galda, Yaqin Sharq davlatlari va Rossiyada qiziqish uyg‘otishiga umid qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyadagi mehnat muhojirlari harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
Dunyo
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradagi qishlog‘i o‘qqa tutildi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi (video)
Mahalliy
“Davlat OAV erkinligi, axborot izlash, olish va tarqatish huquqlarini kafolatlaydi” — Konstitutsiyaning 67-moddasiga yangi normalar kiritilmoqda