O‘zbekistonda ayni paytda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. 2015-yil yozida ikki xil versiyada taqdim etilgan qurilmaning qalinligi bor-yo‘g‘i 5,6 millimetrni tashkil etadi.
Galaxy Tab S2 9.7 va Galaxy Tab S2 8.0 tegishli ravishda 9,7 va 8 dyuymli hamda 2048×1536 pikselli displeylarga ega. Shuningdek, ular sakkiz yadroli firma protsessori, 3 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.
Galaxy Tab S2 9.7 169×237×5,6 mm, Galaxy Tab S2 8.0 esa 134,8×198,6×5,6 mm o‘lchamlarga ega.
Toshkentdagi mobil texnika bozorlarida Galaxy Tab S2 (9,7 dyuymlisi) taxminan 3 million so‘mga taklif qilinmoqda.
Qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)