Jazoirning Uargla shahridagi afrikalik muhojirlar lagerida 24-oktabr, seshanbaga o‘tar kechasi yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Natijada 18 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi.
Mahalliy favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 3:00 da (Toshkent vaqti bilan 7:00 da) sodir bo‘lgan. U muhojirlar lageri joylashgan angarda yuz bergan. O‘sha vaqtda ichkarida 600 ga yaqin kishi bo‘lgan, ayni paytda ularga boshqa boshpana berilgan. Qurbonlarning fuqaroligi aniqlanganicha yo‘q.
Hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.