Germaniyaning Rozenxaym shahri politsiyasi Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlarida aloqasi borlikda gumon qilib, chernogoriyalik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Bayerischer Rundfunk radiostansiyasining ma’lum qilishicha, noqonuniy qochqinlarni tashuvga qarshi o‘tkazilgan operatsiya paytida Zalsburg va Myunxen yo‘nalishida qatnovchi avtomobil to‘xtatilganda, undan mohirlik bilan berkitilgan to‘pponchalar, avtomatlar va bir necha kilogramm miqdorida trotil moddasi topilgan.
Erkakni qo‘lga olinib, hujjatlari tekshirilganda, uning Parijga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)