Iroqning Al-Falluja shahrida (Bag‘doddan 57 kilometr) yuz bergan ikki karra terakt natijasida kamida 20 nafar hukumat armiyasi harbiy xizmatchi va ko‘ngilli jangchi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, askarlar jangarilarning muvofiqlashtirilgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan. Jangarilar orasida xudkushlar ham bo‘lgan.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlardan hech biri hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)