10-noyabr, seshanba kuni Braziliadan San-Pauluga yo‘l olgan Cessna 650 samolyoti Braziliyaning markaziy qismida halokatga uchradi. Undagi to‘rt kishining barchasi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Samolyot parvoz boshlanganidan 35 daqiqa o‘tib, halokatga uchradi. Uning bo‘laklari Goyas shtatining yetish qiyin bo‘lgan hududiga quladi. Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, samolyotda ikki uchuvchidan tashqari, Braziliyaning yirik kompaniyalaridan biri – Bradesco’ning top-menejeri ham bo‘lgan. So‘z Bradesco banki vitse-prezidenti Marko Antonio Rossi va kompaniya sug‘urta bo‘limlaridan birining raisi Lusio Flavio Konduro di Olivyere haqida bormoqda.
Hodisa nima sababdan yuz berganligi to‘g‘risida hozircha hech qanday taxmin yo‘q. Samolyot Bradesco kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Izoh (0)