Balandlikka sakrovchi avstraliyalik eng yaxshi sportchilardan biri 26 yoshli Kris Dodd 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Biroq uning Olimpiadada ishtirok etish orzusi ushalmadi. U qizini qutqarib qolish uchun o‘zini qurbon qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Sportchi turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi bilan do‘kondan qaytib, mashinasini uyi yonidagi balandlikka qo‘ydi. Kutilmaganda mashina uning to‘rt yoshli qizi Ellaga qarab sirpanib kela boshladi. Kris qizini chetga itarib yuborib, o‘zi mashinaning tagida qoldi. Qutqaruvchilar uni chiqarib olgunga qadar, avtomobil yana bir yarim soat uni bosib turdi.
Sportchining tos suyagi va umurtqasidagi murakkab sinishlar tufayli uni oldinda bir necha oylab davolanish kutmoqda. Afsuski, oilaning tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan, biroq do‘stlari va yaqinlari uning davolanishi uchun 32 ming dollarga yaqin pul to‘pladi.
Izoh (0)