“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kelgusi haftada Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar elektr poyezdini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonovning ma’lum qilishicha, Talgo delegatsiyasi 5—6-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Ushbu forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Talgo poyezd yetkazib berish yuzasidan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Yangi poyezdlardan kelasi yilning sentabr oyida ishga tushiriladigan Toshkent—Buxoro tezyurar temiryo‘l trassasida foydalaniladi. Samarqanddan Buxorogacha bo‘lgan temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha loyihaning qiymati 400 million dollardan ortiqroqqa baholanmoqda.
Yangi ikki poyezdning narxi 38 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi yo‘lovchi va yuklarni yetkazishga sarflanuvchi vaqtni deyarli ikki soatga qisqartiradi.
Izoh (0)