World Bikini Model 2015 tanlovida O‘zbekiston vakili Zara King Gran-pri va Miss European Bikini unvonini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Publika.uz”.
Ushbu xalqaro tanlovning final bosqichi 24-oktabr kuni Malta respublikasining poytaxti Valetta shahrida bo‘lib o‘tdi. Dunyodagi eng go‘zal sportchi qiz nomi uchun sayyoraning turli burchaklaridan kelgan 32 nafar ishtirokchi bellashdi.
Zara Buxoroda dunyoga kelgan, AQShda ta’lim olgan, hozirda esa Moskvada doimiy yashab, ishlaydi. Tanlovda u ona vatani – O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U milliy libosda ijro etgan ajoyib raqs tomoshabinlar yodida qoldi. Zara yengil atletikaning qisqa masofaga yugurish kategoriyasi bo‘yicha razryadga ega.
“Go‘zallik bu o‘zligini anglash, o‘zining ajdodlarini yodda tutishdir. Men dunyoning yarmini aylanib chiqdim, barcha qit’alarda yashab ko‘rdim, lekin men o‘z davlatim – O‘zbekiston qiziman. Bu g‘alabamni ajoyib Vatanimga bag‘ishlayman”, — deydi Zara.
Izoh (0)