Yaponiyaning Nissan Motor Co. avtokonserni yoqilg‘i yetkazish tizimidagi nosozlik tufayli dunyo bozoridan 59 mingga yaqin avtomobillarini chaqirib olishga qaror qildi. Ularning bir qismi Rossiyada ishlab chiqarilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada yig‘ilgan 2014—2016-model yilining Teana avtomobili chaqirib olinadigan mashinalar safidadir. Bundan tashqari 2013—2016-yillarda chiqqan Altima va 2016-yilgi Maxima avtomobillari ham bozordan chaqirib olinadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu avtomobillar YTHga uchragan paytda yoqilg‘ining sirqib to‘kilishi natijasida yong‘in yuzaga kelishi mumkin. Bu nosozlik krash-testlar davomida aniqlanganligi va ishlab chiqaruvchi biror noxush hodisa haqida xabardor emasligi ma’lum qilindi.
Avtomobillar keyingi ikki oy ichida chaqirib olinadi.
Izoh (0)