Forbes’ning ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yilda Xitoyning eng badavlat odami tadbirkor Van Szyanlin bo‘ldi. Uning daromadi 30 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
O‘tgan yili birinchilikni egallagan milliarder, Alibaba Group internet-riteylerining asoschisi Jek Ma yil davomida o‘zining boyligini 21,8 milliard dollarga ko‘paytirganligiga qaramasdan, ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan joy oldi.
Uchinchi o‘rinni Xitoydagi yirik internet kompaniyasi Tencent’ning asoschisi Ma Xuateng egalladi. Uning daromadi 17,6 milliard dollarni tashkil etdi.
Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan 13,2 milliard dollar daromadi bilan Xiaomi kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Ley Szyun joy oldi. Beshinchi o‘rinni tog‘ sanoati bilan shug‘ullanuvchi Van Venin qo‘lga kiritdi. U yil davomida 12,1 milliard dollar ishlab topgan.
Izoh (0)