Afg‘onistonda yuz bergan zilzila qurbonlari soni kamida 263 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RBK” mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.
Pokistonda 228 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi yaralandi. Afg‘oniston hukumati, o‘z navbatida, 33 kishining qurbon bo‘lganligi va 200 dan ortiq kishining yaralanganligini ma’lum qildi. Hindistonning Kashmir viloyati hududida ikki kishining halok bo‘lganligi haqida xabar qilindi.
Hukumat qurbonlarning soni ortishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hindikush tog‘larida 26-oktabr, dushanba kuni Afg‘oniston vaqti bilan 14:09 da 7,5 magnitudali yer qimirlashi yuz berdi. Jarm shahridan 45 kilometr janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan zilzilaning o‘chog‘i 212,5 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Yerosti silkinishlari Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiyada sezildi.
Izoh (0)