Shveysariya Riverasida 2015—2016-yil qish mavsumi davomida sayyohlar mehmonxonadagi uchinchi kecha uchun atigi bir frank to‘laydigan aksiya amalda bo‘ladi. Bu haqda mazkur mamlakatning turizm bo‘yicha ofisi vakillari ma’lum qilgan.
“Xayrli kech, Shveysariya” aksiyasi Montre mintaqasida 2016-yil 28-fevralga qadar davom etadi. Shuningdek, “Bir yildan so‘ng ko‘rishamiz” dasturi doirasida joriy yilda mehmonxonada kamida ikki kechani buyurtma qilgan sayyohlar uchun keyingi yili bir kecha bepul taqdim etiladi.
Kelayotgan qishki mavsumda mamlakatning turli mintaqalarida yangi mehmonxonalar ochilishi kutilmoqda. Ular orasida Lozannadagi Hotel Royal Savoy, Davosdagi Ameron Hotel, Syurixdagi Atlantis by Giardino mehmonxonalari bor.
Ekstremal sayyohatni xush ko‘ruvchilar Roshe-de-Ne tog‘ining ikki ming metr balandlikdagi cho‘qqisida joylashgan haqiqiy o‘tovda tunashlari mumkin.
Izoh (0)